Don bitimi qayta tiklanadimi? So‘z Peskovga

Olam

image

Rossiya, Turkiya va Qatar ishtirokida don bitimini qayta tiklash bo‘yicha aniq kelishuvlar yo‘q. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Qatar ishtirokida don bitimini qayta tiklash masalasi bo‘yicha jiddiy kelishuvlar mavjud emas”, deydi Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, turli formatlarda muhokamalar davom etmoqda.

“Don shartnomasini qayta tiklash istiqbollari Rossiya Federatsiyasiga berilgan va’dalarning bajarilishiga bog‘liq”, deydi Prezident matbuot kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi don bitimi tugatilganidan beri Qora dengizdagi kemalarni kuzatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya tomoni 18 iyuldan boshlab don yo‘lagi kelishuvi to‘xtatilishini ma’lum qilgandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Moskvaning bu qarorini qoraladi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga don yo‘lagi kelishuvini yoki unga o‘xshash loyihani uch tomonlama shaklda davom ettirish taklifi bilan rasmiy maktub yubordi.

Avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an imkon tug‘ilsa, sentyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Qora dengiz don tashabbusini qayta tiklash masalasini shaxsan muhokama qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi don bitimi bo‘yicha uchrashuv Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Qatar Don bitimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing