Dominikanda rekord darajadagi kokain musodara qilindi
Olam
−
07 dekabr
2510Dominikan Respublikasi rasmiylari o‘z mamlakatlari tarixidagi eng yirik kokain bo‘lgan – 9,5 tonnalik katta yukni qo‘lga oldi. Bu haqda “Voice of America” xabar berdi.
Giyohvand moddalar Santo-Domingodagi Kausedo portida musodara qilingan. Mamlakatning Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy boshqarmasi matbuot kotibi Karlos Deversning ma’lum qilishicha, ularning taxminiy qiymati 250 million dollarga teng. Kokain Gvatemaladan banan konteynerida kelgan yuk Belgiyaga ketayotgan kemaga ortish arafasida aniqlangan.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, xalqaro hamkorlik ushbu qo‘lga olishning asosiy “kaliti” bo‘lib, portga aloqador 10 kishi hibsga olingan.
Dominikan Respublikasida ilgari topilgan eng katta yuk 2006 yilda 2582 kilogrammni tashkil qilgan.
2024 yil yanvar oyidan beri mamlakat rasmiylari 46,7 tonna giyohvand moddalarni musodara qildi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 25 ming 42 kilogrammdan ortiq bo‘lgan.
2024 yil sentyabr oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden memorandumda Dominikan Respublikasini qit’adagi eng yirik giyohvand moddalar savdosi va ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan biri sifatida belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiya huquq-tartibot idoralari 225 tonna kokainni musodara qilib, jahon rekordini o‘rnatgandi. Olti hafta davom etgan “Orion” operatsiyasi davomida huquq-tartibot idoralari va ularning 62 davlatdagi hamkasblari kokain olib ketayotgan oltita dengiz kemasini to‘xtatib, jami 1400 tonna narkotik moddalarni, jumladan 1000 tonnadan ortiq marixuana va 225 tonna kokainni musodara qilgan. Noqonuniy yuklarning bir qismi Avstraliyaga giyohvand moddalar savdosining yangi yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan suvosti kemasidan topilgan.
LiveBarchasi