“Dom”larda individual qarzdorlik sabab butun binoda issiqlik o‘chiriladimi?
Jamiyat
−
06 fevral
2868Ijtimoiy tarmoqlarga Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarda individual qarzdorlik sabab butun binoda issiqlik o‘chirilishi haqida xabarlar sizdirildi. Issiqlik ta’minoti operatori “Veolia Energy Tashkent” ushbu xabarlarni rad etib, rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, abonentlarning individual qarzdorligi butun bino bo‘ylab issiqlik o‘chirilishiga sabab bo‘la olmaydi. Hozirda issiqlik ta’minotini barqaror va uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, kompaniya fuqarolarni faqat rasmiy manbalar orqali tarqatilgan axborotlarga ishonishga va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatishdan saqlanishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oktyabrda Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minoti narxlari 1 gigakaloriyasi uchun 105 754 so‘mdan 121 617 so‘mgacha (15 foiz) oshirilgandi. Joriy yil fevral oyidan esa Toshkent viloyatida issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshirildi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayevning ma’lum qilishicha, 2025 yil issiqlik va issiq suv tariflari 2 marotaba oshiriladi.
LiveBarchasi