“Dolzarb qirq kunlik” doirasida qo‘lga tushgan yana uch kishiga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
20 may
8564Toshkentda “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari doirasida qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan yana uch kishiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
- Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining 15 aprel kunidagi hukmi bilan 1987 yilda tug‘ilgan Azlarxon Botirovich Muxamedjanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan aybli deb topilib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
- Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 6 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan Sunnatilla Choriyevich Xolmurodov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “ye” bandi bilan aybli deb topilib, yetti yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
- Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 8 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan Umidjon Baxtiyor o‘g‘li O‘rinov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik)2-qismi “b”, “v” bandlari, 223-moddasi (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish)2-qismi “b”, “v” bandlari bilan aybli deb topilib, olti yil o‘n bir oy yigirma sakkiz kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari doirasida qo‘lga olingan Niyoz Ibodov, Bahodir Sultonov va “Ziki Eskishahar” laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarov, shuningdek, Alibek Fayziyev va Olimjon Амоноvгa sud hukmi o‘qilgandi.
LiveBarchasi