Dollarning so‘mga nisbatan qadri oshdi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2020
12358O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 8 sentyabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 274 so‘m 17 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 4 so‘m 9 tiyinga qimmatlagan.
1 yevro kursi 12 162 so‘m 56 tiyinga baholanib, 69 so‘m 11 tiyinga arzonlashgan.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3 so‘m 31 tiyinga pasaydi. Xususan, 1 rubl 136 so‘m 28 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi