Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 14 yanvardan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 9507 so‘m 89 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 42 so‘m 87 tiyinga qimmatladi.

Yevro kursi o‘tgan haftaga nisbatan arzonlagan. 1 yevro kursi 10608 so‘m 90 tiyinga baholanib, 11 so‘m 55 tiyinga qimmatladi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan qimmatlagan. Xususan, 1 rubl 156 so‘m 59 tiyinga tenglashib, 3 so‘m 16 tiyinga qimmatlagan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank valyutalar kursi

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing