Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2019
5057O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 24 sentyabrdan amalda bo‘luvchi yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9424,54 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 13,24 so‘mga qimmatladi.
1 yevro kursi esa 38,11 so‘mga arzonlab, 10383,02 so‘mni tashkil etdi.
Rubl kursining qiymati ham 0,76 so‘mga qimmatlashib, 1 rubl 147,27 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Avvalroq, O‘zbekistondagi tijorat banklarida 1 AQSH dollari 9500 so‘mdan sotilayotgani haqida xabar bergan edik.