Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
28 dekabr 2020 31433 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 29 dekabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 476 so‘m 92 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 3 so‘m 15 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 12 786 so‘m 03 tiyinga baholanib, 49 so‘m 58 tiyinga arzonlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1 so‘m 55 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 141 so‘m 27 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr