Dollarning rasmiy kursi 9500 so‘mdan oshdi
Jamiyat
−
02 dekabr 2019
4597O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 3 dekabr kunidan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, bir AQSH dollari 9510,99 so‘mni tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 16 so‘m 31 tiyinga qimmatlashdi.
Yevro kursi esa 11 so‘m 32 tiyinga qimmatlab, 1 yevro 10476,36 so‘mni tashkil etdi.
Rossiya rublining qiymati 95 tiyinga arzonlashib, 147 so‘m 36 tiyin bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
LiveBarchasi