Dollarning rasmiy kursi 10 400 so‘mga yaqinlashyapti
Jamiyat
−
09 noyabr 2020
6040O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 10 noyabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 378 so‘m 88 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 12 so‘m 2 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 12 321 so‘m 81 tiyinga baholanib, 247 so‘m 53 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 4 so‘m 72 tiyinga ko‘tarildi. Xususan, 1 rubl 134 so‘m 9 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi