Dollarning rasmiy kursi 10 300 so‘mdan oshdi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2020
5414O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 22 sentyabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 315 so‘m 62 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 20 so‘m 29 tiyinga qimmatlagan.
1 yevro kursi 12 210 so‘m 60 tiyinga baholanib, 15 so‘m 78 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1 so‘m 37 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 136 so‘m 28 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi