Dollar, yevro va rubl kursi birdan pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 5 martidan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 477 so‘m 86 tiyinni tashkil etib, avvalgi kursga nisbatan 12 so‘m 49 tiyinga arzonlashdi.

1 yevro kursi 12 606 so‘m 96 tiyinga baholanib, 85 so‘m 06 tiyinga arzonlashdi.

Rubl kursi kechagiga nisbatan 60 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 141 so‘m 84 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing