Dollar va rublning rasmiy kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 23 iyundan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 172 so‘m 76 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 20 so‘m 86 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 11 368 so‘m 6 tiyinga baholanib, 56 so‘m 89 tiyinga arzonlashdi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1 so‘mga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 146 so‘m 39 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank valyutalar kursi

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing