23-o‘lim. O‘zbekistonda yana bir bemor vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus sabab navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Mamlakatda ushbu virusdan o‘lim holatlari 23 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan M.S. koronavirus infeksiyasida gumonlanib, joriy yil 21 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. 

U “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi. Nafas yetishmovchiligi 3-daraja” tashxisi bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemor (ayol) bundan avval, so‘nggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida  kunlik ahvoli Buxoro viloyatidagi shifokorlarimiz bilan bir qatorda mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislarining ham   nazoratida bo‘lib, ular ishtirokida  konsiliumlar o‘tkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarimizning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

325

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing