Dollar kursi 9500 so‘mdan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 19 noyabrdan amalda bo‘luvchi yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9500,96 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 10,19 so‘mga qimmatlashdi.

1 yevro kursi esa 43,53 so‘mga ko‘tarilib, 10498,56 so‘mni tashkil etdi.

Rubl kursining qiymati ham 0,19 so‘mga qimmatlab, 1 rubl 149,01 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank valyutalar kursi

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing