Dog‘istonning birinchi xonimi vafot etdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Dog‘iston respublikasi rahbari Sergey Melikovning rafiqasi Galina Melikova uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Moskvada vafot etdi. Bu haqda Dog‘iston rahbari matbuot xizmati 2 fevral kuni ma’lum qildi.

Sergey Melikovga Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida birinchilardan bo‘lib Davlat dumasi deputati Xizri Abakarov hamdardlik bildirgan.

2021 yildan beri Dog‘istonni boshqarib keluvchi general-polkovnik Sergey Melikov respublika rahbari etib tayinlanishidan oldin Stavropol o‘lkasida senator bo‘lib ishlagan. U bo‘lajak rafiqasi bilan harbiy akademiyada uchrashgan va juftlik 1993 yilda turmush qurgan.

Galina Melikova 1961 yilda Ryazan shahrida tug‘ilgan. U harbiy shifokor, zahiradagi tibbiy xizmat leytenanti bo‘lgan. Sergey uning ikkinchi turmushi bo‘lib, Melikovlar uchrashganda ayol 12 yoshli o‘g‘li Dmitriyni tarbiyalayotgan edi. 2000 yilda ularning Mixail ismli farzandlari dunyoga kelgan. Dmitriy 2007 yil 2 avgustda Dog‘istonning Sergok’ala viloyatida joylashgan Kadirkent qishlog‘i yaqinida jangovar topshiriqni bajarayotib vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida AQSHning 39-prezidenti Jimmi Karterning rafiqasi, AQSHning sobiq birinchi xonimi Rozalin Karter 96 yoshida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Dog'iston harbiy Galina Melikova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing