AQSHning sobiq birinchi xonimi vafot etdi

Olam

image

AQSHning 39-prezidenti Jimmi Karterning rafiqasi, AQSHning sobiq birinchi xonimi Rozalin Karter 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda Karter markazi saytida ma’lum qilindi. 

Markazning xabar berishicha, u kecha, 19 noyabr kuni o‘z uyida vafot etgan.

“U oilasi yonida tinchgina vafot etdi”, deyiladi xabarda.

Rozalin Karter 1977-1981 yillarda Amerika rahbari bo‘lgan Jimmi Karterga 1946 yil turmushga chiqqan.

“Rozalin men erishgan hamma narsada mening hamrohim bo‘ldi. U menga kerak bo‘lganda dono yo‘l-yo‘riq va yordam berdi. Rozalin bor ekan, men doim kimdir meni sevishini va qo‘llab-quvvatlashini his qilardim”, deydi Karter. 

Sobiq prezident Jimmi Karter shu yilning 1 oktyabrida 99 yoshga to‘lgandi.

Rozalin Karter birinchi bo‘lib emlashni Amerika sog‘liqni saqlash tizimida keng tarqalgan amaliyotga aylantirgan shaxs hisoblanadi. 1981 yilga kelib, maktabgacha yoshdagi bolalarning 95 foizi qizamiq va boshqa kasalliklarga qarshi emlandi. Shuningdek, u ruhiy kasalligi bo‘lgan odamlarni kamsitishga qarshi kurashdi, Qo‘shma Shtatlarda va xorijda ruhiy salomatlik xizmati sifatini yaxshilash ustida ishladi hamda ruhiy salomatlik xizmatini targ‘ib qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rozalin Karter Jimmi Karter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar