Dog‘istonlik kurashchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi

Sport

image

Asli dog‘istonlik erkin kurashchi Ilyos Bekbulatov O‘zbekiston fuqaroligi oldi. Bu haqda sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Kurashchi ko‘plab terma jamoalardan taklif olgan. Biroq u O‘zbekiston terma jamoasini tanlagan. Uning bunday qilishiga, Rossiya termasidagi kuchli raqobat sabab bo‘lgan.

2016 yilda Vengriya Bekbulatovni o‘z terma jamoasiga qo‘shib olishga harakat qilgan.

Ilyos Bekbulatov 2017 yildagi Yevropa chempionati g‘olibi hisoblanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

kurash Ilyos Bekbulatov

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing