Dog‘istondagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 9 may kuni Dog‘iston Respublikasining Qizilyurt tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya IIVning Dog‘iston bo‘yicha hududiy boshqarmasi xabar berdi.

Qizilyurt tumani Kulzeb qishlog‘i yaqinida 26 yoshli o‘zbekistonlik VAZ-217030 rusumli avtomobilni haydab ketayotganda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va 25 yoshli moskvalik boshqarib ketayotgan Hyundai Creta bilan to‘qnashgan.

Har ikki haydovchi ham voqea joyida halok bo‘lgan. Hyundai Creta avtomobilida bo‘lgan  Dog‘istonda yashovchi 27 va 41 yoshli yo‘lovchilar Qizilyurt tumanidagi shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Dog'iston

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing