Dog‘istondagi portlashda o‘zbekistonlik halok bo‘lgani aytildi
3-sahifa
−
15 avgust 2023
7623Kecha, 14 avgust kuni Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi avtoservis binosida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Portlashda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi .Bu haqda “Mash” Telegram-kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirgacha portlashda halok bo‘lganlardan faqat yetti nafarining shaxsi aniqlangan. Ular orasida 5 yoshli qizaloq va 10 yoshli o‘g‘il bola bor.
“Mash”ga ko‘ra, portlashda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi ham halok bo‘lgan. U 1990 yilda tug‘ilgan N.R. ekani keltirilgan. Mutaxassislar vayronalar ostidan jasad parchalarini topishda davom etmoqda. Qurbonlarning yakuniy soni hozircha aniq emas.
O‘zbekistonda hozircha bu haqda tegishli tashkilotlar tomonidan ma’lumot berilgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 avgust kuni Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi avtoservis binosida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Dastlab avtoservis binosi yonib ketgan, keyin olov yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan va kuchli portlash yuz bergan. Portlashdan deyarli 4 soat o‘tib yong‘in o‘chirilgan.
Dastlab portlash oqibatida 27 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik, biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat qurbonlari soni 35 nafarga yetgan, ulardan uch nafari bolalardir. 15 avgust respublikada motam kuni deb e’lon qilindi.
Sodir bo‘lgan portlash munosabati bilan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga hamdardlik telegrammasini yo‘lladi.
LiveBarchasi