Dog‘istonda “zamministr” qamaldi 

Olam

image

Dog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rufat Ismoilov umumiy qiymati 1,3 million rubl miqdorida pora olganlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Moskvaning Basmanniy tuman sudi tergov so‘rovini qanoatlantirish va Ismoilovga nisbatan 2024 yil 2 yanvargacha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlashga qaror qilgan.


“Biz sud qaroriga rozi emasmiz, men bu haqda albatta apellyatsiya beraman”, deydi Ismoilovning advokati Sergey Bulayev.

Advokat 5 million rubl to‘lab garov evaziga Ismoilovni ozod qilishni so‘ragan. 

"Suddan mijozimni garov evaziga ozod qilishni so‘raymiz. Uning taqdiriga befarq bo‘lmagan do‘stlari bor, ularning yordami bilan biz garovga qo‘yish uchun 5 million rubl yig‘dik", deydi advokat Sergey Bulayev. 

Shuningdek, u tintuv chog‘ida Dog‘iston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosaridan mukofot to‘pponchasi va xizmat guvohnomasi musodara qilinganini ta’kidlagan.

“Bu shuni anglatadiki, u nazariy jihatdan ham o‘z vakolatlaridan foydalana olmaydi va ish bo‘yicha boshqa ayblanuvchilarga tahdid sola olmaydi”, degan himoyachi.

Advokat Ismoilovning to‘rt nafar voyaga etmagan farzandi borligini qo‘shimcha qilib, suddan hibsga olishdan ko‘ra yengilroq jazo berishni so‘ragan.

Ismoilovning hibsga olingani haqida kecha, 7 noyabr kuni Federal xavfsizlik xizmatining Dog‘iston bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar bergan. Uning ishxonasi va uyida tintuvlar o‘tkazilgan. Ismoilov va Dog‘iston Respublikasi IIV Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdulg‘afurov D.K. ga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 290-moddasi 5-qismi (katta miqdorda pora olish) va 286-moddasi 3-qismi (bir guruh shaxslar tomonidan g‘arazli manfaatni ko‘zlab hokimiyatni haddan tashqari oshirib yuborish) bo‘yicha ish ochilgan. Ikkalasi ham qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun Moskvaga olib ketilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dog'iston zamministir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing