Dohada kuchli portlashlar sodir bo‘ldi
Olam
−
03 mart 6622 1 daqiqa
Bugun, 3 mart kuni Qatar poytaxti Doha shahrida kuchli portlashlar seriyasi eshitildi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shaharda kamida beshta kuchli portlash ovozi yangragan. Guvohlarning aytishicha, Dohaning janubiy qismida zarba to‘lqini ta’sirida binolar larzaga kelgan. Shuningdek, shahar osmonini qizil yorug‘lik qoplab olgan.
Hozircha hodisa yuzasidan boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Vaziyat Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvi fonida yuz bermoqda. 28 fevral kuni Isroil Eronga zarba berganidan so‘ng, AQSH Prezidenti Donald Tramp Tehronga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qilgan va uning maqsadi amerikaliklarni Eron rahbariyatidan kelayotgan tahdidlardan himoya qilish ekanini bildirgan edi.
Javob tariqasida Eron mintaqadagi nishonlarga raketa va uchuvchisiz uchish qurilmalari orqali zarbalar bermoqda. Qatardan tashqari, Bahrayn, Isroil, Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan AQSH harbiy ob’ektlari ham hujumlarga uchragani aytilmoqda.