DXR va LXR tan olinishi ortidan rossiyalik oligarxlar qancha milliard zarar ko‘rgani aytildi
Olam
−
22 fevral 2022
11416Rossiya DXR va LXRni tan olishi fonida rossiyalik milliarderlar va “Forbes” ro‘yxati a’zolari so‘nggi 24 soat ichida 8 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘qotdi. Bu haqda “Forbes” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, oligarxlar Rossiya indekslari va Rossiya kompaniyalari kotirovkalari qulashi fonida jami 8,339 milliard dollar yo‘qotgan.
“Forbes”ga ko‘ra, “Lukoyl”ning eng yirik aksiyadori Vagit Alekperov (-946 million dollar), “Novatek”ning hammualliflari Leonid Mixelson (-927 million dollar) va Gennadiy Timchenko (-906 million dollar) eng ko‘p mablag‘ yo‘qotgan milliarderlar bo‘lgan.
“Lukoyl” kotirovkalari 6 610 rubldan 6 028 rublga tushib ketgan bo‘lsa, “Novatek” aksiyalarining har biri 1526 rubldan 1358 rublga qulagan.
Shuningdek, kotirovkalarning pasayishi NLMK (Novolipetsk temir-po‘lat zavodi) benefitsiari Vladimir Lisinni 645 million dollardan, “Norilskiy nikel” muallifi Vladimir Potaninni 751 million dollardan, “Severstal” prezidenti Aleksey Mordashovni 556 million dollardan va MMK (Magnitogorsk temir-po‘lat zavodi)ning eng yirik aksiyadori Viktor Rashnikovni 298 million dollardan mahrum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmonni imzolash marosimida LXR va DXR rahbarlari ham ishtirok etdi.
Shundan so‘ng, AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya tomonidan o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini (DXR va LXR) tan olinishi munosabati bilan ayrim shaxslarning mulkini bloklash va ayrim operatsiyalarni taqiqlovchi farmon qabul qildi.
Oqibatda Rossiya Federatsiyasi fond bozori “Moskva birjasi” va RTS indekslari bo‘yicha 2020 yil noyabr oyidagi darajaga tushib, o‘z tarixida yangi “qora dushanba”ga kirdi.
Asosiy savdolar natijasida “Moskva birjasi” indeksi 3036,88 punktga, RTS indeksi 1207,5 punktga, “Moskva birjasi”da ko‘pchilik “ko‘k fishkalar” narxi 18,3 foizga tushdi. Bir kun davomida “Moskva birjasi” indeksi asosidagi aksiyalar savdosining umumiy hajmi 505,353 milliard rublni tashkil etdi. AQSH dollari 78,7 rublga ko‘tarildi.
LiveBarchasi