DXR va LXR harbiy safarbarlik e’lon qildi. Donbassda qanday vaziyat hukm surmoqda?

Olam

image

Ukraina sharqidagi, Donbassdagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi hududida barcha ta’lim va ilmiy tashkilotlarda o‘quv jarayoni to‘xtatildi. Bu haqda DXR Ta’lim vazirligi buyrug‘ida aytilgan.  

“2022 yil 19 fevraldan boshlab barcha ta’lim va ilmiy tashkilotlarda o‘quv jarayoni keyingi ogohlantirishga qadar to‘xtatilsin”, deyiladi buyruqda. 

Shuningdek, Lugansk Xalq Respublikasi rahbari Leonid Pasechnik umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Bu haqda Lugansk axborot markazi xabar bermoqda.

Shuningdek, Lugansk Xalq Respublikasi rahbari Leonid Pasechnik umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Bu haqda Lugansk axborot markazi xabar bermoqda.

“Qaror qilaman: Lugansk Xalq Respublikasi hududida umumiy safarbarlik e’lon qilinsin”, deyiladi hujjatda. 

Pasechnik LXR Xalq kengashini e’lon qilingan safarbarlik haqida xabardor qilishni buyurgan. Uning ta’kidlashicha, “LXRga qarshi tajovuz”ni qaytarish uchun sharoit yaratish maqsadida xalq militsiyasi va boshqa harbiy qismlarni to‘liq jangovar shay holatga keltirish qarori qabul qilingan.

DXR rahbari Denis Pushilin ham umumiy safarbarlik e’lon qilgan. U zaxiradagi yigitlarni harbiy komissarliklarga kelishga chaqirgan. Shundan so‘ng, DXR Xalq kengashi deputatlari umumiy safarbarlik to‘g‘risida qonun qabul qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi Aleksandr Chupriyanni Donbassdan kelayotganlarni joylashtirishda yordam berish uchun Rostov viloyatiga yuborgan. Bundan tashqari, Putin Rossiyaga kelgan har bir qochqinga 10 ming rubl to‘lashni buyurgan. Hukumatning aniqlik kiritishicha, mablag‘ zaxira fondidan ajratiladi. 

Kiyevda esa Donbassga hujum rejalashtirilmagani ma’lum qilindi. Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning aytishicha, DXR va LXR hukumati aholidan “navbatdagi qon to‘kilishini” avj oldirish uchun foydalanmoqda.

Vaziyat 17 fevral kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalar va Ukraina Qurolli Kuchlari bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda ayblagach, keskinlashdi. 18 fevral kuni Donbassdan evakuatsiyaning kuchayishi va boshlanishi haqidagi xabarlar fonida Donetsk hukumatidan bir necha o‘n metr uzoqlikda kuchli portlash sodir bo‘ldi. DXR Xalq militsiyasi rahbari Denis Sinenkovning aytishicha, uning avtoturargohda bo‘lgan mashinasi portlab ketgan, hech kim jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Donbass

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing