DXXga ishga joylash uchun 5000 dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida fuqaroni 5000 dollar evaziga fuqaroni DXXga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.

Joriy yilning 3 mart kuni Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro X.N. viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qiladi. Arizasida, o‘zini E.N. “DXX Toshkent shahar boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i” deb tanishtirgan shaxs o‘g‘lini DXX harbiy qismlaridan biriga ishga kiritib qo‘yishi uchun 5 000 AQSH dollari talab qilayotganligini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishini so‘raydi.

Mazkur arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini – E.M. “DXX Toshkent shahar boshqarmasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i” deb tanishtirgan shaxs, katta leytenant unvonidagi DXXning xizmat kiyimi (formasi)da arizachidan kelishilgan 5 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olayotgan vaqtda, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

O‘tkazilgan suhbat davomida ushbu shaxs – Surxondaryo viloyatida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan E.M., hech bir davlat organi yoki boshqa tashkilotda ishlamasligi, shuningdek, avvalroq DXXga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘taganligi aniqlangan.

Ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

507

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing