DXX yerni noqonuniy sotayotgan IIO va DSIning sobiq mulozimini ushladi

Jamiyat

Xabaringiz bo‘lsa, Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida ukasining fermer xo‘jaligi yerini sotmoqchi bo‘lgan aka qo‘lga olingandi. Bu kabi noqonuniy yer sotish holati nafaqat Jizzax viloyatida balki, respublikaning boshqa viloyatlarida ham kuzatilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobotini yuritish markazi direktori turmush o‘rtog‘i nomidagi fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonidan 4 gektarini bir fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘ladi. Buning evaziga esa 28 ming AQSH dollari talab qiladi. Ushbu fuqaro yerni “O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining Samarqand filiali xodimi hamda muqobil mashina traktor parki rahbari bilan kelishgan holda rasmiylashtirishni reja qilgan.

DXX Samarqand viloyati bosh boshqarmasi hamda Bosh prokratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda markaz direktori xizmat xonasida so‘ralgan pulni olgan paytida ushlandi. 

Samarqand viloyatida kuzatilgan yana bir holatda esa fuqaro turmush o‘rtog‘i nomiga Jomboy tumanidagi 2 gektar yer maydonini 2 yil muddatda bir mlrd so‘m miqdorida investetsiya kiritish sharti bilan bino va inshootlar qurish majburiyatini olgan holda sotib oladi. U mazkur yerni 2020 yilning iyul oyida elektron onlayn auksion dasturi orqali xarid qilgan. Fuqaro aslida mazkur hududda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash faoliyatini yo‘lga qo‘yishi kerak edi. Lekin amalda hech qanday ish bajarmagan. 

Mazkur shaxs bu yer maydonini sotish uchun hech qanday vakolati bo‘lmasada uning 40 sotixini hokimyatdagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan. U yerni o‘tkazib berish evaziga fuqarodan 19 yarim ming AQSH dollari so‘raydi. Avval Ichki ishlar va soliq idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan ushbu fuqaro oldindan 15 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Shu kabi yana bir jinoyat Toshkent shahrida sodir etildi. Oldin ham firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan shaxs aldov yo‘li bilan o‘zganing ishonchiga kirgan. Firibgar shaxs unga Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi fermer xo‘jaligiga ajratilgan bir yuzdan 41 gektar yer maydonining 50 sotix qismini rasmiylashtirib berishini vada qiladi. Fuqaro bu ishni mansabdor tanishlari orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Buning evaziga esa 37 ming AQSH dollari so‘raydi. U so‘ralgan puldan avans sifatida 15 ming AQSH dollari olgan paytda DXX Toshkent shahar boshqarmasi va shahar IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. 

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida esa yer resurslari va davlat kadastr bo‘limining sobiq mutaxassisi o‘zganing ishonchiga kirib, tumanning Qoratepadasht qishlog‘ida joylashgan bir gektar yer maydonini bir fuqaroga rasmiylashtirib berishini va’da qiladi. Buning uchun esa 29 ming AQSH dollari so‘ragan. DXX va departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 22 ming AQSH dollari hamda 58 mln 300 ming so‘m pul mablag‘ini olayotgan vaqtda ushlangan.

DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tumani hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassisi 9 gektar suvli yer maydonini sotayotgan paytda ushlandi. U muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan bo‘lishiga qaramasdan o‘zining boshqaruvida bo‘lgan fermer xo‘jaligi balansidagi ushbu yerni noqonuniy tarzda sotishga uringan. Buning ezvaziga esa 9,5 AQSH dollari talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

DXX er

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing