DXX va IIV xodimlari Samarqandda yirik qimorxonani aniqladi
3-sahifa
−
19 Oktabr 2020 23646 1 daqiqa
Samarqandda 48 yashar erkak o‘z uyida xo‘roz urishtirish arenasi tashkil qilganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Buk haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Samarqand shahrining Minsk ko‘chasida, Davlat xavfsizligi xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Samarqand shahar Bulung‘ur ko‘chasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan Sh.A. Samarqand shahar Minsk ko‘chasida joylashgan uylarning birida "arena" ko‘rinishida joy tashkil qilib, xo‘rozlarni pul evaziga urishtirib, qimor o‘yini uyushtirgani aniqlangan.

Surishtiruvlar davomida 13 nafar fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan xo‘rozlarini urishtirish maqsadida olib kelgani aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
IIB xodimlari tomonidan tadbir davomida xo‘roz urishtirish tomoshasiga kelgan 476 nafar fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ularning jinoyatga aloqadorligi tekshirilgan va ushbu shaxslarga tegishli 132 ta transport vositalarining hujjatlari ko‘zdan kechirilgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr