DXX va IIB tomonidan Jizzaxda bir guruh “jihodchilar” ushlandi
Jamiyat
−
10 iyun 2020
22619Jizzax viloyatida DXX va IIB xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan "Jihodchilar" ekstremistik oqimining a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida “jihodchilar”dan 5 dona uyali aloqa telefon apparati va 3 dona fleshka olib qo‘yilgan. Ushbu fleshkalarda oqimning 250 dan ortiq video, audio shakldagi material borligi aniqlangan.
Aniqlanishicha, ushbu materiallar guruh a’zolari tomonidan tarqatilib kelingan. Bundan tashqari, guruh a’zolari oqim g‘oyalarini faol targ‘ib qilib kelgan.
Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida “Jihodchilar” ekstremistik oqimi faoliyat olib borayotgani ma’lum bo‘lgani, joriy yilning 8 iyun kuni viloyat IIB va DXX xodimlari hamkorligida ushbu oqimning bir guruh a’zolarining noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi