Prezident DXX va Bosh prokuraturaga energetika tizimini tekshirishni buyurdi
Jamiyat
−
16 yanvar 2023
11179O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bugun, 16 yanvar kuni energiya resurslari ta’minoti yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda DXX va Bosh prokuraturaga energetika tizimidagi korrupsiyani yo‘q qilish bo‘yicha alohida choralar ko‘rish topshirildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Prezident energetikadagi bugungi kundagi muammolarga tizimsiz ishlash, energoresurslarni talon-toroj qilish holatlari ham sabab bo‘layotganini ko‘rsatib o‘tgan.
Xususan, o‘tgan bir oyda elektrga 5 mingta, gazga 4,5 mingta noqonuniy ulanishlar aniqlangan.
“Elektr va gaz tarmoqlarida talon-torojlik bo‘lganini, tuman hokimlari va sektor rahbarlari, elektr va gaz idoralari boshliqlari bilmasmi-di?”, deya savol qo‘ygan davlat rahbari.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, oxirgi oylarning o‘zida neftegaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korrupsiya holatlari aniqlangan.
LiveBarchasi