DXX Toshkent viloyatida 3,7 mln dollarga yer sotayotgan tadbirkorni ushladi
3-sahifa
−
21 yanvar 2021
10777Toshkent viloyatida fuqaro 460 gektar yerni firibgarlik yo‘li bilan 3 mln 700 ming AQSH dollariga sotayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida ma’lum qilindi.
Qibraylik tadbirkor bog‘dorchilik va chorva mollariga yaylov uchun yer ajratishni so‘rab, o‘zi yashayotgan tuman va qo‘shni tumanlar hokimliklariga qilgan murojaatlaridan kutilgan natija chiqmaydi.
Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJ rahbari Q.To‘raqulov ushbu MCHJga tegishli Quyi Chirchiq tumanidagi 360 ga sug‘oriladigan yerni va hozirda norasmiy foydalanib kelayotgan tuman zaxirasidagi 100 ga yerni qibraylik tadbirkorning nomiga o‘tkazib berish uchun 3,7 mln dollar so‘raydi.
Shuningdek, bu ishlarni rasmiylashtirib berish uchun Quyi Chirchiq tumani hokimiyatidagi mansabdor shaxsga berishini aytib, yana 20 ming dollar talab qiladi.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tadbirkordan jami 3 mln 720 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi.
Q.To‘raqulovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi