DXX soxta PZR-testi ma’lumotnomalarini sotayotgan shaxslarni ushladi
Jamiyat
−
28 dekabr 2020
4549COVID-19`ni aniqlashda PZR-testi ma’lumotnomalarini soxtalashtirib, Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘ydi.
DXX va IIV hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda “Toshkent – Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekshirilgan va ularning oldidan soxta PZR-testi ma’lumotnomalari chiqqan. Dastlabki surishtiruv natijasida, ular COVID-19 bo‘yicha test topshirmagani va soxta ma’lumotnomalarni 1992 yilda tug‘ilgan buxorolik hamda 1991 yilda tug‘ilgan xorazmlik shaxslardan olgani ma’lum bo‘lgan.
Ularga esa Toshkent shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan M.N. va 1977 yilda tug‘ilgan K.A. tayyorlab, yetkazib turishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.