DXX soxta pasport bilan O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan eronliklarni qo‘lga oldi

Jamiyat

image

Asli Eronlik bo‘lgan bir guruh shaxslar soxta Italiya pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari xabar bermoqda. 

Joriy yilning 3 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtga kelgan ana shunday bir guruh shaxslarning qing‘ir ishlari fosh bo‘ldi.

Ularning Italiya davlatiga tegishli fuqarolik pasportlari tekshirilganda qalbaki ekanligi aniqlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxslar aslida Eron Islom Respublikasi fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ularga qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rildi.

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorlari bilan qariyb 60 dan ortiq xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz tartib joriy qilindi. Natijada mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimi ikki barobarga ko‘paydi. Afsuski bunday yaratilayotgan imkoniyatlardan o‘zining qing‘ir ishlari yo‘lida foydalanayotgan ayrim shaxslar ham uchramoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Chegera qo'shinlari

Baholaganlar

109

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing