DXX raisi Abdusalom Azizov ishdan olindi
Jamiyat
−
23 noyabr
22020O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Azizov 2019 yildan beri DXX raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Abdusalom Abdumavlonovich Azizov 1960 yilning 20 yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. 2003-2006 yillarda “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi, 2006-2008 yillarda “O‘zbekneftmahsulot” AK bosh direktori, 2005 yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2008 yilning noyabr-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2008 yil dekabrdan 2009 yil dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, shu bilan birga O‘zbekiston futbol federatsiyasining vitse-prezidenti, 2009 yildan 2017 yilgacha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017 yil yanvardan sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, 2017 yil sentyabrdan 2019 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2017 yilda general-mayor, 2019 yilda general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlangan.