DXX Navoiyda kontrabandistlarni qo‘lga oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekistonga katta miqdordagi psixotrop tabletkalari va “Gerbalayf” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan, oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan biologik faol qo‘shimchalarni noqonuniy olib kirgan shaxslar ushlandi.

Aniqlanishicha, fuqarolar 1977 yilda tug‘ilgan Jangildi Mapitov, 1982 yilda tug‘ilgan Seytjan Sabirbayev, 1985 yilda tug‘ilgan Umidjon Muhammedov va 1981 yilda tug‘ilgan Ziyovuddin Razzoqovlar Qozog‘iston Respublikasida yashovchi “Sakon” ismli shaxs bilan o‘zaro kelishib, kontrabanda bilan shug‘ullangan.

Tezkor tadbir davomida konunbuzarlardan jami 961 million so‘mlik 2 ming dona “Sonnat” psixotrop tabletkalari va 25 turdagi “Gerbalayf” biologik faol qo‘shimchalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, ushbu shaxslar onkologik kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan, lekin iste’molga yaroqsiz bo‘lgan ko‘p miqdordagi dori vositalarini ham olib kirgan.

Ular ushbu mahsulotlarni Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan.

Hozirda holat yuzasidan DXX Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasiga (kontrabanda) muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
.
 


Maqola muallifi

Teglar

kontrabanda DXX dori vositalari

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing