DXX kubogining Toshkent shahar bosqichi start oldi

Sport

image

Bugun,12 aprel kuni Toshkent shahrida Respublika miqyosida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) kubogining Toshkent shahar bosqichini o‘tkazish oldidan brifing yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkaziladigan turnirning Toshkent shahar bosqichi rasman ochiq, deb e’lon qilindi.

Davlat xavfsizlik xizmati O‘FA bilan hamkorlik o‘tkazadigan turnir bo‘yicha O‘zPFL xodimi yig‘ilganlarga turnir reglamenti va o‘tkazilish tartibi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Minifutbol bahslariga yoshlar, ayollar va temir daftarlariga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi jalb qilinishi reja qilingan.

Aprel va may oylarida DXX kubogining tuman va shahar bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing