DXX Koreyaga ishga jo‘natuvchi firibgarlarni qo‘lga oldi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura huzuridagi Departament DXX bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi. 

“O. xususiy bandlik agentligi” MCHJ xodimlari odamlarning ishonchiga kirib, ularni Koreya Respublikasiga ishga yuborish evaziga har birlari uchun 7 000 AQSH dollaridan jami 35 000 AQSH dollari talab qilishadi. Shundan 17 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanishadi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida, “A.visa” MCHJ rahbari 
Sh.A. 5 nafar fuqaroni noqonuniy ravishda Koreya Respublikasiga ishga yuborish evaziga bo‘nak sifatida 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

“Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX firibgar

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing