DXX xodimlari xayriya aksiyasiga qo‘shildi

Jamiyat

image

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazdi.

Ayni murakkab vaziyatda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan bahamjihatlik va saxovatpeshalik koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida tashkil etilgan “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga kelib tushayotgan beminnat mablag‘larda namoyon bo‘lmoqda.

O‘z navbatida, mazkur xayrli ishga Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ham hissalarini qo‘shib, ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini ushbu fondga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berishdi.

Jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan COVID-19 pandemiyasiga qarshi O‘zbekistonda ham qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, respublika aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni qabul qilingan.

Shuningdek, dunyoda jiddiy epidemiologik vaziyat yuzaga kelishi asnosida xorijiy davlatlarda qolayotgan O‘zbekiston fuqarolari bosqichma-bosqich vatanimizga olib kelinib, ularga zarur tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar 83 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

DXX koronavirus

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing