DXX katta miqdorda Lirika va Regapen dorilari savdosiga chek qo‘ydi

Jamiyat

image

Farg‘onadan Andijonga katta miqdorda psixotrop dori vositalarni olib kirayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat bojxona boshqarmasi xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida “Farg‘ona-Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Spark rusumli avtomashina Oltinko‘l tumani hududida to‘xtatildi.

Andijon shahrida tug‘ilgan 36 yoshli ayol Yu.O. boshqaruvidagi avtomobil ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 2800 dona Lirika va 1400 dona Regapen psixotrop dori vositalari borligi aniqlangan hamda o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Aniqlanishicha, Qo‘qon shahridan olib kelinayotgan ushbu dori vositalari Andijon shahrida sotilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tergovoldi surishtiruv ishlari jarayonida Yu.O.ning Andijon shahridagi yashash manzilidan sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 616 dona Lirika dori vositasi ham ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Lirika Regapen

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing