DXX ichki ishlar va mudofaa tizimining sobiq xodimlarini ushladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Samarqand, Sirdaryo, Namangan va Qashqadaryoda kuch tuzilmalariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul olgan shaxslarni qo‘lga oldi

Xususan, DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlagan.

Ma’lum qilinishicha, u muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etganligi uchun bir necha bor sudlangan.

Boshqa bir holatda DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchisi o‘zganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning farzandini ichki ishlar idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Sirdaryo viloyati Baxt shahrida yashovchi sobiq ichki ishlar xodimi esa ishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlangan. U o‘zini go‘yoki Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasida ishlovchi xodim sifatida tanishtirib, Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Fuqarodan pul olgan vaqtida DXX va IJQK departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Pul evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yish holati Qashqadaryo viloyatida ham qayd etilgan. Xususan, muqaddam Mudofaa vazirligi tizimida ishlab, nafaqaga chiqqan, Qarshi shahrida yashovchi shaxs 1995 y.t. fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made