DXX Farg‘onada ekstremizm tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘ydi
Jamiyat
−
22 yanvar 2020 8527 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavsizligi xizmati Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida diniy-ektremistik oqimlarga qo‘shilib qolgan ikki shaxsning faoliyatiga nuqta qo‘ydi.
DXXning xabar berishicha, 2018 yil jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 2441-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan qo‘qonlik 23 yoshli T.A.ga insonparvalik tamoyillaridan kelib chiqib 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan edi.
Lekin, u bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, Telegram messenjerida diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar rahnamolarining jihodga, shahidlikka chorlovchi audio-video ma’ruzalarini tinglab, tomosha qilgan. Natijada Suriya davlatidagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida uning qabih rejasiga chek qo‘yilgan.
Bundan tashqari, Qo‘qon shahrida yashovchi 21 yoshli T.I. ota-onasining ogohlantirishlariga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan.
U Telegram messenjerida guruh ochib, ekstremistik oqimlar rahnamolarining ma’ruzalarini hamda “Turkiston islom harakati”, “Katibatul Tavhid va Jihod” kabi terroristik tashkilotlar tomonidan tayyorlangan, jihodga chorlovchi materiallarni joylashtirib, o‘z guruhi a’zolari sonini 45 nafarga yetkazgan.
“DXX xodimlarining say’-harakati bilan uning ham noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Endilikda har ikki shaxs ham qonun oldida javob beradi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025