DXX chegarada jinoiy guruhni ushladi

Jamiyat 15390
image

Xitoydan Qozog‘iston Respublikasi orqali O‘zbekistonga import tovarlarini tashish bilan shug‘ullanuvchi avtofura haydovchilarining Toshkent viloyatida joylashgan “Yallama” chegara-bojxona posti orqali o‘tishlari jarayonida bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirishni bahona qilib, ulardan tovlamachilik yo‘li bilan pul undirib kelgani aniqlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoiy guruh soxta hujjatlar yordamida tovar-moddiy boyliklar importi bilan ham shug‘ullanganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh a’zolariga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 6 ta manzilda tintuv tergov harakatlari amalga oshirildi. 

Natijada, ulardan 410 ming AQSH dollari, turli ko‘rinishdagi 21 dona soxta muhr va shtamplar, kompyuter texnikalari hamda bojxonaga oid shubhali hujjatlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning ikki nafar yetakchisiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, tergov harakatlari doirasida guruh faoliyatiga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 556
Reyting: 3
Teglar
DXX
t
×