DXX bojxona xodimi va FVB boshlig‘ini pora bilan ushladi (video)
3-sahifa
−
22 aprel 19976 2 daqiqa
Toshkent viloyatida olib borilgan tezkor tadbirda bojxona xodimi hamda Samarqand viloyatida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining “Yangiyo‘l” TIF bojxona posti inspektori xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan holda Qozog‘iston Respublikasidan bug‘doy olib kelib, qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi MCHJ tomonidan qo‘shni davlatdan temiryo‘l orqali olib kirilayotgan bug‘doy mahsulotlari ortilgan vagonlarni bojxona ko‘rigi hamda rasmiylashtiruvidan muammosiz o‘tkazib berish evaziga uchinchi shaxs orqali 2700 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, Samarqand viloyatining Jomboy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda 1988 yilda tug‘ilgan fuqaroga yashash xonadonida xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi ochishi uchun uning turarjoyini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish va kelgusida rahnamolik qilish evaziga tamagirlik yo‘li bilan 200 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi. Ular orasida mansabdorlar ham bor edi.
Live
Barchasi