DXX ayollari o‘rtasida “To‘maris avlodlari” tanlovi o‘tkazildi
Jamiyat
−
09 mart 2020
65718 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, jamiyatning asosiy negizi bo‘lgan oila qo‘rg‘onini mustahkam himoya qilish hamda ayol harbiy xizmatchilarning salohiyatlarini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimida faoliyat yuritayotgan harbiy ayollar o‘rtasida “To‘maris avlodlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Har biri 6 shartdan iborat ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlov xavfsizlik sohasida xizmat qilayotgan iste’dodli, zukko, harbiy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan xotin-qizlarni tanlab olishga qaratildi. Unda ayollarning nafaqat aqliy salohiyatlari, balki jismoniy epchilliklari ham sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov ishtirokchilarining har bir chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan adolat mezoni asosida odilona baholandi. G‘oliblar maxsus diplom va pul mukofotlari hamda kasbiy faoliyatda va farzandlar tarbiyasida zarur bo‘ladigan kitoblar bilan taqdirlandilar.