DXX Andijonda noqonuniy yer sotayotgan Sanitariya xizmati boshlig‘ini qo‘lga oldi
Jamiyat
−
03 mart 2021
6140Andijon viloyatida Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i yer sotish bilan bog‘liq jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Andijon viloyati tumanlaridan birining Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i mahalliy fermer xo‘jaligiga qarashli mevali bog‘dan iborat 1 gektar yer maydonidan ijara shartnomasi asosida foydalanib kelgan.
U mazkur yer maydonini tasarruf etish va uchinchi shaxsga o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmasada, 45 ming AQSH dollariga sotib, noqonuniy daromad orttirishni rejalashtirgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur mansabdor shaxs xaridordan so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
LiveBarchasi