DXX Andijonda 12 nafar “Hizb ut-Tahrir” a’zosini ushladi

3-sahifa

image

Joriy yilning 22 dekabr kuni Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdorlarining faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Mavjud tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddam “Hizb ut-Tahrir” safida faoliyat olib borgani uchun uzoq yillar jazo muddatini o‘tab chiqqan 1968 yilda tug‘ilgan “A.A.” jinoiy faoliyatini tiklab, 11 nafar sobiq g‘oyadoshlarini o‘zining noqonuniy harakatlariga jalb qilgan.

Ushbu shaxslarning barchasi muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotiga a’zo bo‘lganligi uchun jazo muddatini o‘tab chiqishgan. Ular hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan jinoiy til biriktirib, aholi orasida hamda Internet tarmog‘i orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish va shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishgan.

Hibsga olingan shaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing