DXX 95 kg narkotikni musodara qildi (video)
3-sahifa
−
05 Sentabr 2022
5968Surxondaryoning Denov tumani va Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 95 kgdan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.
DXX xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida Matiz rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2 nafar xorijiy fuqaroga tegishli 23 kg 52 gr “opiy” va 30 kg 122 gr “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu giyohvand moddalar afg‘onistonlik narkokurerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatga o‘tkazilgan.
Boshqa bir holatda esa muqaddam xorijda og‘ir jinoyat sodir etgani uchun qamoq jazosini o‘tagan, Denov tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina Termiz shahrida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada, unda ham afg‘onistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilgan 39 kg 520 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘lgan.
Uchinchi holatda esa Denov shahrida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan, 1967 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yashash xonadonida 2 kg 396 gr “opiy” moddasini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan hamda o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 25 kg 448 gr “opiy” va 69 kg 642 gr “gashish” giyohvandlik vositalari musodara qilindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi