DXX 300 ming dollarlik “geroin”ni ushladi

Jamiyat

image

Sirdaryoda Tojikistondan O‘zbekiston orqali Qozog‘istonga olib ketilayotgan yirik miqdordagi giyohvand modda qo‘lga olindi. 300 ming dollarga teng miqdordagi og‘u Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

Aniqlanishicha, “Soyib” ismli Tojikiston fuqarosi giyohvand moddani kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kiradi va Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan Shuhrat Asqaraliyev xonadoniga olib boradi.

Og‘uni O‘zbekiston orqali tranzit sifatida o‘tkazish ishlarining tashkilotchisi bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, Turkiston viloyatida istiqomat qiluvchi Elyor Jo‘rayev Shuhrat Asqaraliyev xonadoniga kelib, giyohvand moddalarni qabul qilib oladi.

Tezkor xodimlar tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Elyor Jo‘rayev og‘uni Sirdaryo viloyatiga olib borib, aylanma yo‘llar orqali Qozog‘istonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan paytida qo‘lga olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Elyor Jo‘rayevdan ashyoviy dalil sifatida olingan giyohvand modda “geroin” bo‘lib, jami og‘irligi 20 kg 32 gr ni tashkil etdi.

Mutaxassislar fikricha, bugungi kunda 20 kg “geroin” moddasining narxi 300 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ni tashkil qiladi. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX geroin

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing