DXX 200 mln so‘mdan ortiq qalbaki pul yasaganlarni ushladi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashovchi qalbaki pul yasash bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1988 y.t. fuqaro S.Sh. qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuradan iborat jami 50 mln so‘mni 5 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, uning yashash manzilida 2 mln 600 ming so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida ushbu qalbaki pullar Olmaliq shahrida yashovchi, 1999 y.t. U.M. va Piskent tumanida istiqomat qiluvchi, 2001 y.t. M.S. tomonidan kompyuter va rangli printer yordamida tayyorlangani ma’lum bo‘lib, ular ham hibsga olingan.

Shuningdek, ushlangunga qadar ular tomonidan jami 210 mln so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqarib yuborilganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

374

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing