DXX 15,7 kg narkotik modda aylanmasiga chek qo‘ydi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryodan Toshkent viloyatiga ko‘p miqdorda giyohvand modda olib kelayotgan shaxs va uning sheriklari qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

DXX xodimlari tomonidan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati IIB bilan hamkorlikda “Sirdaryo” YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qashqadaryodan Toshkent viloyati tomon kelayotgan Qarshi shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, avtomashinaning yukxonasiga yashirib qo‘yilgan 4 kg. 534 gr. “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro tojikistonlik narkosavdogar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan yuborilgan narkotik moddalarni xufiya joylarga yashirib, mijozlarga sotish bilan shug‘ullanib kelgan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida uni Toshkent shahrida yashovchi, 1977 y.t., muqaddam sudlangan sherigi Zangiota tumanida kutib turganligi ma’lum bo‘lib, u ham qo‘lga olingan.

Shuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida ularning yana bir sherigi, Qarshi shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan shaxsning yashash xonadonidan 11 kg. 168 gr. “gashish” giyohvandlik vositasi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 15 kg. 702 gr. “gashish” moddasi musodara qilingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing