DXX hokim yordamchisini pora olayotganda ushladi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hokimining yordamchisi fuqarodan yer olib berish evaziga pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.M. tumandagi “Yangiobod” mahallasi hududida tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hokimlik orqali yer maydoni olmoqchi bo‘lgan. Hokim yordamchisi B.X. esa unga mahalla hududidan stadion va sport majmuasi qurish uchun “Ye-auksion” orqali tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 60 sotix yer maydonini tanishlari orqali olib berishda yordam berishi mumkinligini aytib, evaziga fuqarodan 5 million 500 ming so‘m pul talab qilgan.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimining yordamchisi B.X. fuqarodan 5,5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

pora

Baholaganlar

980

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing